Ўзбекча
+99871 203-00-22 info@ecoekspertiza.uz Телеграм гуруҳ
Кабинетга кириш

ЯНГИЛИКЛАР

this was been an image

Strategik ekologik baholash bo‘yicha Dastlabki tadqiqotni tasdiqlash yuzasidan yig‘ilish tashkil etildi.

08.11.2023


Strategik ekologik baholash bo‘yicha Dastlabki tadqiqotni tasdiqlash yuzasidan yig‘ilish tashkil etildi. Seminarda Global Yashil o‘sish instituti (GGGI), Investitsiyalar, savdo va sanoat vazirligi, Madaniyat vazirligi, Qurilish va kommunal xo‘jaligi vazirligi va Atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi va uning tizim tashkilotlari mutaxassislari ishtirok etdi. Global Yashil o‘sish instituti (GGGI) hamda Davlat ekologik ekspertizasi markazi tomonidan joriy yilning 10–11-oktyabr kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida tashkil etilgan Seminar-Workshop asosida manfaatdor tomonlar bilan dastlabki tadqiqotlar Hisoboti tayyorlandi. Seminarda “Atrof-muhitni strategik baholash (SEA) namunaviy loyihasini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash” loyihasi bo‘yicha hisobot va loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan munozaralar o‘tkazildi.