Ўзбекча
+99871 203-00-22 info@ecoekspertiza.uz Телеграм гуруҳ
Кабинетга кириш

ЯНГИЛИКЛАР

this was been an image

Farg‘ona viloyati Quvasoy shahrida jamoatchilik eshituvi bo‘lib o‘tdi

31.10.2023


Farg‘ona viloyati Quvasoy shahrida jamoatchilik eshituvi bo‘lib o‘tdi Jamoatchilik eshituvida aholi vakillari, Davlat ekologik ekspertizasi markazining Farg‘ona viloyati filiali, Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmasi, “Uniprommax” X/K va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Jamoatchilik eshituvida Quvasoy shahri Qo‘chqorchi kichik sanoat zonasi hududida “Uniprommax” X/K tomonidan “Asfaltobeton ishlab chiqarish sexi”qurilishining atrof-muhitga ehtimoliy ta’sirlari, sexning ish faoliyati natijasida hosil bo‘ladigan ifloslantiruvchi moddalar va ularni kamaytirish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘rsida ma’lumotlar berib o‘tildi. Ma’lumot uchun: Loyiha qiymati jami 320 ming AQSh dollari bo‘lib, yiliga 70 ming tonna asfaltobeton maxsulotlari ishlab chiqarish ko‘zda tutiladi. Buning natijasida 20 nafar yangi ish o‘rinlari yaratiladi.