Ekologik auditorlarni tayyorlash yuzasidan uchrashuv tashkil etildi.
Davlat ekologik ekspertizasi markazida joriy respublikada ekologik audit tizimini rivojlantirish, ekologik auditorlarni tayyorlash hamda issiqxona gazlari miqdori hamda uglerod izini (carbon footprint) kamaytirishning aniq ko‘rsatkichlarini loyiha pasporti bilan belgilash bo‘yicha mutaxassislar malakasini oshirish yuzasidan “CAIM” MChJ bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida:
- ekologik auditor xodimlarni o‘qitish, tayyorlash;
- gazlari miqdori hamda uglerod izini kamaytirish tadbirlari;
- ko‘rilayotgan mavzularda sohada tajribaga ega bo‘lgan xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.